Sport | 16:46 / 08.10.2022
19538
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi boshlandi

Samarqand eshkak eshish kanalida O‘zbekiston tarixida birinchi marta triatlon bo‘yicha «2022 Asian Triathlon Cup Samarkand» xalqaro turniriga start berildi.

Foto: 2022 Asian Triathlon Cup Samarkand

Musobaqaning ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov, O‘zbekiston Respublikasi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, triatlonning mamlakatimizda ommalashib borayotgani va sportchilarning xalqaro musobaqalardagi yutuqlarini e’tirof etishdi. Shuningdek, turnirga yuksak saviyada tayyorgarlik ko‘rilgani uchun tashkilotchilariga minnatdorlik bildirildi.

Shundan so‘ng 30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yo‘nalishi - ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga, 10 kilometrga yugurish bahslarida ishtirok etishdi.

9 oktabr kuni 160 nafar havaskor atletlar O‘zbekiston chempionligi uchun kurash olib borishadi.

Triatlon 2000 yildan beri Olimpiada, 2016 yildan beri Paralimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

Mavzuga oid