Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada vayron bo‘lgan Qrim ko‘prigi tasvirlangan marka chiqariladi
Ukrainaning «Ukrpochta» bosh pochta tashkiloti vayron bo‘lgan Qrim ko‘prigi tasvirlangan marka chiqarilishi to‘g‘risida e’lon qildi. Kompaniya o‘z e’lonida markani Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan «sovg‘a» deb atadi.
Markada Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi va vayron bo‘lgan ko‘prikning chetida qo‘llarini cho‘zgan holda «Titanik» filmi qahramonlariga o‘xshash holatda turgan personajlar tasvirlangan bo‘lib, uning o‘zi «Qrim ko‘prigi – ofarin!» deb nomlanadi.
Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi ko‘prikda sodir bo‘lgan portlash natijasida uch kishi halok bo‘lgan - bunday dastlabki ma’lumotlar Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi.
Mahkama bayonotiga ko‘ra, ular voqea joyi yaqinida bo‘lgan avtomobil yo‘lovchilaridir. «Hozirda ikki kishining jasadi suvdan olib chiqilgan - bir erkak va ayol, ularning shaxsi aniqlanmoqda», deb ta’kidlaydi TQ.
Tergovchilar, shuningdek, furani portlatilgan yuk bilan olib o‘tgan yuk mashinasi egasini aniqladi - u Krasnodar o‘lkasida yashovchi shaxs. TQ yuk mashinasining marshruti va transport hujjatlarini o‘rganmoqda.
Rossiya 2014 yil Ukrainaning Qrim yarimorolini egallab olgach, hududni Rossiyaning quruqlikdagi qismi bilan bog‘lash uchun Kerch ko‘prigini qurgan edi. Ukraina urush boshlanganidan buyon Qrim ko‘prigiga zarba berishga haqli ekanini aytib keladi.
Mavzuga oid
16:21 / 28.04.2025
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
22:32 / 23.04.2025
Tramp: hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
21:29 / 23.04.2025