Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yetim bolalar 25 yoshga to‘lganda «Mehr daftari»dan chiqariladi
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 25 yoshga to‘lganda «Mehr daftari»dan chiqariladi.
«Huquqiy axborot» kanalida yozilishicha, bunda «Mehr daftari»dan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart.
«Mehr daftari»dan chiqarilayotgan shaxslar bandligi ta’minlanmagan holatlarda, ular bandligini ta’minlash uchun «Yo‘l xaritasi» tuziladi hamda «Mehr daftari» hisobida turish muddati bandligi ta’minlangunga qadar, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar boshqa o‘quv-tarbiya muassasasiga yoki doimiy (vaqtincha) yashash uchun respublika boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, tegishli o‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimligi Bolalarni himoya qilish shu’basi tomonidan ular doimiy va vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kunidan boshlab, o‘n besh kun muddatda «Mehr daftari»ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan sud ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi chiqarilganda, ularni «Mehr daftari» tizimi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalasi to‘xtatib turiladi.
Bunda sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan so‘ng tegishli tuman (shahar) hokimligi Bolalarni himoya qilish shu’basi tomonidan «Mehr daftari»ga o‘zgartirish kiritiladi.
«Mehr daftari»ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga ish beruvchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovi ketma-ket 12 oy davomida hisoblanganda hamda ushbu ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasi markazlashtirilgan axborot bazasida aks ettirilgan taqdirda, ish bilan bandligi ta’minlangan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi
09:15 / 07.04.2025