Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Erdo‘g‘an va To‘qayev stol tennisi o‘ynadi, Lukashenko palov pishirishni o‘rgandi
Turkiya va Qozog‘iston prezidentlari Astanada uchrashib, stol tennisi o‘ynadilar. Belarus prezidenti Tojikistonga borib, palov pishirish sirlarini o‘rgandi.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rasmiy davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi va Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi.
Turkiya va Qozog‘iston prezidentlari rasmiy tadbirlardan so‘ng, norasmiy muhitda stol tennisi o‘ynadilar.
Erdo‘g‘an va To‘qayev shu yilning may oyida ham Turkiyada uchrashib, stol tennisi o‘ynagan edilar.
Ushbu sport turida raketka an’anaviy tarzda ikki xil usulda ushlanadi: yevropacha va xitoycha. O‘yin davomida To‘qayev raketkani yevropacha usulda ushlagan bo‘lsa, Erdo‘g‘an noa’nanaviy ushlash usulidan foydalanib, e’tibor qozondi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ayni paytda rasmiy davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lib turibdi.
11 oktabr oqshomida u Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan hukumat qarorgohida norasmiy tarzda uchrashdi.
Davlat rahbarlari dastlab qarorgohni aylanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va Tojikiston milliy taomlari ko‘rgazmasini tomosha qilishdi.
Sayrdan so‘ng Belarus rahbari palov tayyorlanish jarayonini kuzatdi va oshpazdan taomni tayyorlash sirlarini so‘radi. Shuningdek, o‘zi ham kapgirni qo‘liga olib, palov tayyorlash jarayonida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
12:16 / 17.05.2025
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
22:19 / 25.04.2025