Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada safarbarlik boshlanganidan beri 20 kishi harbiy qismlar va yig‘in punktlarida halok bo‘ldi
Rossiyada aniq soni hozircha noma’lum bo‘lgan safarbar qilinganlarning ayrimlari o‘z joniga qasd qilgan, giyohvand moddalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilib yuborgan, alkogoldan zaharlangan va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolardan vafot etgan.
Rossiyada harbiy qismlar va yig‘in punktlarida safarbarlik boshlanganidan beri, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, frontga hali yetib bormagan 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. 12 oktyabr, seshanba kuni Yekaterinburgning 32-harbiy shaharchasida Chelyabinsk oblastidan safarbar qilingan 27 yoshli yigit halok bo‘lgani haqida xabarlar e’lon qilindi. Uralda safarbar qilinganlar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qiluvchi Davlat dumasi deputati Maksim Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, o‘limga giyohvand moddalarning haddan tashqari ko‘p dozasi sabab bo‘lgan.
Xuddi shu kuni Sverdlovsk oblastida yana bir safarbar qilingan fuqaro hayotdan ko‘z yumgani haqida ma’lum bo‘ldi. 1989 yilda tug‘ilgan erkakning o‘limiga yurak faoliyati to‘xtab qolishi sabab bo‘lgan.
9 oktyabr kuni RIA «Novosti» huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, Yoqutistondagi yig‘ilish punktida safarbar qilingan erkak ikkinchi qavatdagi derazadan qulab tushib, halok bo‘lganini xabar qildi.
«Bumaga» nashrining 6 oktyabr kuni xabar berishicha, Kamenka qishlog‘ida safarbar qilingan kamida uch kishi halok bo‘lgan. Ikki nafarida yurak yetishmovchiligi bo‘lgan, uchinchisi – 28 yoshli Sankt-Peterburglik yigit mashg‘ulotlar vaqtida o‘ziga avtomatdan o‘q uzgan.
Novosibirskdagi safarbarlik punktida ikki erkak halok bo‘ldi. Mahalliy «Sibkray» nashriga ko‘ra, biri zo‘ravonlikdan, yana biri uyqusida yurak faoliyati to‘xtab qolishidan vafot etgan. Bundan tashqari, «Vyorstka» loyihasi avvalroq Penza, Omsk, Novosibirsk, Vladivostok, Kabardino-Balkariya va Sverdlovsk oblastida safarbar qilingan kamida to‘qqiz kishining o‘limi haqida xabar bergan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022 yil 21 sentabrda Ukrainadagi urushda yirik yo‘qotishlar, shuningdek, Ukraina qo‘shinlarining muvaffaqiyatli qarshi hujumi fonida (Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 63 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan) «Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Farmonda safarbar qilinishi kerak bo‘lgan fuqarolar soni maxfiylashtirilgan. Rasmiy vakillar 300 mingga yaqin kishi haqida ma’lum qilgan, biroq ba’zi ommaviy axborot vositalari hukumat doiralaridagi anonim manbalarga tayanib, kamida 1 million odamni safarbar qilish rejalashtirilganini xabar berishdi.
Rossiyaning zamonaviy tarixida birinchi marta safarbarlik e’lon qilindi. Bungacha Rossiya imperiyasida 1914 yilda Birinchi jahon urushi davrida va 1941 yilda SSSRda Ikkinchi jahon urushi davrida safarbarlik amalga oshirilgan.
Mobilizatsiya boshlanganidan beri bir necha yuz ming potensial harbiy xizmatchilar Rossiyadan qo‘shni davlatlarga qochib ketishgan. Ularning aksariyati Qozog‘iston va Gruziyadan boshpana topgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025