Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA aviakompaniyasi Abu Dabi-Samarqand yo‘nalishida arzon qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Aviakompaniya saytida parvozlar 2022 yil 13 dekabrdan boshlanishi ma’lum qilingan.
Birlashgan Arab Amirligining Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi rasmiy saytida 2022 yil 13 dekabrdan boshlab Abu-Dabi—Samarqand yo‘nalishida yo‘lovchilarni tashiy boshlashini e’lon qildi.
Wizzair.com saytida Abu-Dabi—Samarqand yo‘nalishida parvozlar haftada ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi ma’lum qilingan.
Uchish jadvali mahalliy vaqt bilan:
— Abu-Dabidan uchish vaqti 6:30 da, Samarqandga 10:45 da qo‘nadi;
— Samarqanddan uchish vaqti 11:20 da, Abu-Dabiga 13:55 da qo‘nadi.
Chiptalar narxi 149 dirham (40 dollar yoki Markaziy bankning ayni damdagi kursi bo‘yicha 443 ming so‘m) dan boshlanadi. Bu narx hozircha faqat BAAdan O‘zbekistonga keladigan sayyohlar uchun ekani aytilmoqda.
«Markaziy Osiyo Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi uchun asosiy rivojlanayotgan bozor hisoblanadi. Biz ushbu tarixiy regionga o‘z parvozlarimizni kengaytirishda davom etamiz. Samarqandga tashkil etilayotgan yangi qatnov Airbus A321 neo samolyotlarida amalga oshiriladi. Samarqand madaniyatlar chorrahasida joylashgan, har bir kishi borib ko‘rishi kerak bo‘lgan qadimiy shahar hisoblanadi», deydi aviakompaniya boshqaruv direktori Maykl Berlius.
Aviakompaniya saytlarida dastlabki parvoz uchun chiptalar bir tomonga uchish uchun 90 dollardan taklif etilmoqda. Agar chiptalar keyinroqqa olinsa, uning sanasiga qarab 60 va 40 dollargacha pasayib boradi.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 oktyabrdan e’tiboran Samarqand xalqaro aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etildi.
«Ochiq osmon» rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlar bekor qilinishini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025