Yevropa kengashi parlament assambleyasi Rossiya bo‘yicha yangi rezolyutsiya qabul qildi
Yevropa kengashi parlament assambleyasi deyarli bir ovozdan Rossiyani «terroristik xususiyatga ega» davlat sifatida ko‘rish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Yevropa kengashi parlament assambleyasi (YeKPA) Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi kuchayganini qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi va Yevropa davlatlarini Rossiyadagi hukmron rejimni «terrorchi» deb tan olishga chaqirdi. Hujjat loyihasi va taklif etilayotgan tuzatishlar tashkilot veb-saytida e’lon qilingan.
Rezolyutsiyani 100 ishtirokchidan 99 nafari qo‘llab-quvvatladi, deb yozdi Ukraina delegati Oleksiy Goncharenko Twitter'da.
YeKPA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Yevropaga Ikkinchi jahon urushidan beri boshidan kechirmagan azob va halokat olib kelganini qayd etadi. «Agressiya davom etar ekan, zo‘ravonlik va vayronagarchilikning yangi darajalariga yetib borar ekan, Rossiya rejimi o‘zining haqiqiy terroristik mohiyatini yana bir bor tasdiqlamoqda, eng asosiy inson huquqlari va xalqaro huquq asoslarini buzmoqda», deyiladi rezolyutsiyada. Uning yakuniy matni hali e’lon qilinmagan, biroq 11.6-bandga Rossiyani «terroristik rejim» deb e’lon qilish to‘g‘risidagi tuzatish ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingani ma’lum: unga YeKPAning 79 a’zosi ovoz berdi, ikkitasi qarshi chiqdi, biri betaraf qoldi.
Bundan tashqari, «ilgari Ukraina va boshqa mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz qiluvchi noqonuniy qarorlar uchun ovoz bergan Rossiya siyosiy partiyalarini terrorizmni targ‘ib qiluvchi guruhlar va tashkilotlar deb tan olishni» talab etuvchi tuzatish qabul qilindi. Katta ehtimol bilan, birinchi navbatda, gap «DXR», «LXR», Zaporijjya va Xerson oblastining yaqinda annexia qilingani, shuningdek, 2014 yilda Qrimning annexia qilingani haqida bormoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024