Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX 200 ming dollarning xorijga noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi
Chet el valuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda davlat chegarasidan o‘tkazilishiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Namangan - Nanay yo‘nalishi bo‘ylab Yangiqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanayotgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.
Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 200 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur fuqaro hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan qirg‘izistonlik notanish shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu juda ko‘p miqdordagi xorijiy valutani noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksi tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025