Jamiyat | 11:27 / 16.10.2022
11610
1 daqiqa o‘qiladi

Chotqol qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon qor qoplonini suratga oldi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yaqinda noyob jonivor bo‘lgan qor qoplonini suratga oldi. Bu haqda Ekoqo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tasvirga tushgan qor qoploni yirik jussaliligi bilan ajralib turadi.

Qor qoploni O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining ro‘yxatiga kiritilgan, yo‘qolib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan turi hisoblanadi.

Oqshomda faol, kunduzi g‘orlarga, qoyalar orasiga berkinib yotadi. 2 yilda bir marta bolalaydi. Tog‘ bo‘ylab yovvoyi tuyoqlilar ortidan yuqoriga va pastga mavsumiy ko‘chib yuradi.

Qor qoploni Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasida ham doimiy muhofazaga olingan.

Mavzuga oid