O‘zbekiston | 17:30 / 22.03.2024
13535
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Turkiston silovsini Chotqol qo‘riqxonasi kuzatuv fotoqopqoniga muhrlandi

Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan kuzatuv fotoqopqoniga Turkiston silovsini muhrlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi xabar berdi

Turkiston silovsini O‘zbekiston Qizil kitobiga zaif, kamayib borayotgan, mozaik tarzda tarqalgan kichik tur sifatida kiritilgan. G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy hududlarida tarqalgan. Bargli va archa o‘rmonlarida yashaydi. Hisor tog‘ tizmasida 150 ga yaqin, Ko‘hitang tizmasida 20-25 ta, G‘arbiy Tyan-Shanda 100 ga yaqin, Turkiston tizmasida 300 ga yaqin silovsin yashaydi.

Mavzuga oid