Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yo‘lovchi tashish avtobusi haydovchilari va konduktorlari bekatda bir-birini do‘pposladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tomonlardan biri qo‘lida bitaga o‘xshagan narsa bilan raqibini urayotgani, boshqasi esa uning qo‘lidan kaltakni tortib olishga urinayotgani tasvirlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 10 oktabr kuni soat 16:30da Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan ikkita avtobus haydovchilari va konduktori o‘zaro janjallashib, bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan.
Samarqand shahrining Dahbed-Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yo‘nalishli harakatlanuvchi 64-sonli avtobus konduktori Q.J., 52-sonli yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchisi M.E. va ushbu avtobus konduktori yo‘lovchi talashib, janjallashgan.
Janjal davomida tomonlar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tomonlardan biri qo‘lida bitaga o‘xshagan narsa bilan raqibini urayotgani, boshqasi esa uning qo‘lidan kaltakni tortib olishga urinayotgani tasvirlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand shahrida avtobus haydovchilari va konduktori o‘rtasida tez-tez janjal sodir bo‘lib turadi. 2022 yil 13 oktyabr kuni ikkita avtobus haydovchisi o‘rtasida sodir bo‘lgan ana shunday janjallardan biri ayanchli yakun topdi.
O‘zaro janjaldan so‘ng orqada turgan avtobus haydovchisi oldinda turgan va endigina harakatni boshlagan avtobus eshigiga osiladi.
Birinchi avtobusning haydovchisi to‘xtamasdan, aksincha tezlikni oshiradi va avtobusga osilib kelayotgan haydovchi tushib ketib, uning g‘ildiragi ostida qoladi. Oqibatda, ikkinchi avtobus haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etadi.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025