Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquqbuzarlik haqida xabar bergan davlat organlari qorovullik xizmatlari mukofotlanadi
Hukumat qarori bilan "Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalari huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlarida jinoyatlar, huquqbuzarliklar, gumondorlar, qidiruvdagi shaxslar, avariyalar, yong‘in, halokat va boshqa nojo‘ya hodisalar aniqlanganda qorovullik bo‘linmalari: darhol IIB organlariga xabar beradi; IIB va Milliy gvardiya xodimlari kelgunicha huquqbuzarlik va hodisa izlari saqlanishini ta’minlaydi; IIB va Milliy gvardiya xodimlariga hodisa to‘g‘risida axborot beradi; tabiiy va texnogen favqulodda holatlarni bartaraf etadi, odamlarni qutqaradi.
Qorovullik bo‘linmalari IIB va Milliy gvardiya bo‘linmalariga hodisa haqida telefon orqali xabar beradi. Telefon bo‘lmaganida yoki ishlamaganida aloqaning boshqa turlari, xususan hushtakdan quyidagi signallardan foydalaniladi: “Ushla” – bitta uzun signal; “Yordamga” – ikkita qisqa signal.
Qorovullik bo‘linmalari xabari orqali jinoyat, huquqbuzarliklar sodir etgan qidiruvdagi shaxslar aniqlanganda, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi holat bartaraf etilganda qorovullik bo‘linmalari xodimlari 1 martalik pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanishi mumkin.
Mavzuga oid
08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi
12:35 / 20.03.2025
Zargarlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi
14:43 / 01.03.2025