Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahriga asosan Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan ko‘chib kelishyapti
Toshkent shahriga eng ko‘p Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan ko‘chib kelishgan.
2022 yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 36 902 kishini tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahriga ko‘chib kelish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 171 kishiga (13,3 foizga) kamaygan.
2022 yilning 9 oyida Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qilyapti – 16 361 kishi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qashqadaryo viloyati – 4 598 kishi;
- Samarqand viloyati – 2 696 kishi;
- Surxondaryo viloyati – 2 153 kishi;
- Buxoro viloyati – 2 049 kishi;
- Farg‘ona viloyati – 1 640 kishi;
- Andijon viloyati – 1 282 kishi;
- Xorazm viloyati – 1 281 kishi;
- Navoiy viloyati – 1 146 kishi;
- Namangan viloyati – 1 122 kishi;
- Jizzax viloyati – 970 kishi;
- Sirdaryo viloyati – 828 kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 776 kishi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025