Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyoda yuk avtomobillari o‘tishini tezlashtirishni taklif qildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Jyenevada bo‘lib o‘tgan BMT ishchi guruhlari sessiyalarida ishtirok etdi.
Jyenevada transport bilan bog‘liq bojxona masalalari bo‘yicha ishchi guruhi 161-sessiyasi va TIR kitobchasi bo‘yicha Xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi bojxona konvensiyasi (Jyeneva, 1975 yil) ma’muriy qo‘mitasi 78-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Jyenevada bo‘lib o‘tgan tadbirlarda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi va Xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi respublika bojxona organlarining chegaradagi avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlarini takomillashtirish borasidagi faoliyati yo‘nalishlari, istiqbollari, muammolari, Markaziy va Janubiy Osiyoda yuk avtomobillarining o‘tishini tezlashtirish bo‘yicha takliflar taqdim qildi.
Mamlakat delegatsiyasi qo‘mitaga respublika milliy qonunchiligi asosida ruxsatnomalar olish jarayonini raqamlashtirish, «Bir darcha» tamoyili bo‘yicha elektron shaklda ruxsatnomalar berish bo‘yicha so‘nggi ishlanmalar haqida ma’lumot berdi.
Ma’muriy qo‘mita boshqa davlatlarni ruxsatnomalar berishning elektron tizimlariga o‘tishga undash maqsadida navbatdagi sessiya oldidan O‘zbekistonning bu boradagi tajribasidan namunalar tayyorlashni so‘radi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025