Daralar oralab maktabga 9 km yo‘l - “Manzil”
Ramazon – Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Angidon mahallasidagi 49-maktabda o‘qiydi. U yashaydigan uy qishloqning Shaldiroq degan qismida bo‘lib, maktabdan salkam 9 km uzoqda joylashgan. Qahramonimiz akasi Javohir bilan birga har kuni maktabga eshak minib boradi.
Maktab uzoq bo‘lgani sababli yo‘lga ertaroq chiqishadi. Shunday bo‘lsa ham, bir soat oralig‘ida yetib borishadi.
Issiq kunlarda yo‘l mashaqqati unchalik bilinmasa-da, sovuq tushishi bilan maktabga borib kelish biroz murakkablashadi.
Kunlar qisqarib, uzun tunlar boshlanadigan qorli kunlarda dars boshlanishini soat 9, hatto 10 ga ham ko‘chirishar ekan. “Manzil” loyihasi bolakayning bir kun maktabga borish mashaqqatini o‘z uslubida ko‘rsatishga harakat qildi.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
18:45 / 15.07.2024
Navoiyda ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi
14:48 / 08.07.2024
Xatirchida yosh qiz o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilardan biri 1 yilda 12 marta radarga tushgani ma’lum bo‘ldi
21:02 / 06.07.2024