Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda talaba “foizsiz onlayn kredit” niqobi ostida fuqarolarning plastik kartasidagi pullarni yechib oldi
Talaba Telegram messenjeri orqali "Agrobank foizsiz kreditlar" nomli guruh ochgan va u yerda ko‘rsatgan havolasi orqali fuqarolarning pullarini yechib olgan.
IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro S.F. IIBga ariza bilan murojaat qilib aldov yo‘li bilan “foizsiz onlayn kredit” niqobi ostida plastik kartasidagi pullarni yechib olgan shaxsga chora ko‘rishni so‘ragan.
U arizasida, Telegram messenjeri orqali taklif qilingan “Agrobank foizsiz kreditlar“ sarlavhali guruhga kirib, undagi e’lon bo‘yicha onlayn kredit olmoqchi bo‘lib, bank karta ma’lumotlarini havolaga kiritgani, shundan so‘ng uning kartasidagi jami 2,3 million so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi universitet talabasi, 2002 yilda tug‘ilgan M.M. sodir etgani aniqlangan. Dastlabki surishtiruv davomida uning boshqa jinoiy qilmishlari ham fosh etilgan.
Qayd etilishicha, M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Koson tumanida bog‘cha tarbiyachisi o‘z hamkasblarining bank kartasidagi pullarni o‘g‘irlagandi.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024