Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litsey va maktabda ishlayotgan ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lanadi
Akademik litsey, texnikum va maktablarda ishlayotgan ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunda lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha o‘rnatilishi mumkin:
yoshlarni tarbiyalashga oid ishlangan ilmiy-metodik qo‘llanma, ilmiy-tahliliy uslublar uchun – 30 foizgacha;
ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy maqola nashr qilganligi uchun: milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun – 15 foizgacha; xalqaro jurnallardagi har bir maqola uchun – 30 foizgacha belgilanadi.
Lavozim maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq erishilgan natijalardan kelib chiqib yoki zarur shartlar bajarilganda belgilanadi.
Fan olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagani uchun: tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha; respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha; xalqaro miqyosdagi natijalar uchun 30 foizgacha; zamonaviy o‘quv-ko‘rgazmalarni yaratganligi uchun 10 foizgacha; noan’anaviy yo‘nalishdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilgani uchun 30 foizgacha; o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qo‘shgan hissasi uchun 20 foizgacha.
Mavzuga oid
12:11 / 01.03.2025
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi
07:50 / 26.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi
08:00 / 07.09.2024
Ayrim o‘qituvchilarga kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi
10:50 / 26.07.2024