Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha bosh vaziri Rossiya gazini «Yevropa uchun la’nat» deb atadi
Mateush Moravetskiy Germaniyani oldingi energiya siyosati uchun keskin tanqid qildi. U Ukrainadagi strategik infratuzilmani bombardimon qilgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga chaqirdi.
Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Germaniyani o‘tmishdagi energetika siyosati uchun ochiqchasiga tanqid qildi. «Germaniya iqtisodiyoti uchun nazariy jihatdan arzon bo‘lgan bu rus gazi ular uchun barakali bo‘lishi kerak edi, lekin bu butun Yevropa uchun la’natga aylandi», dedi Moravetskiy 20 oktyabr, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan YeI sammiti chog‘ida.
Unga ko‘ra, endi buni barcha davlatlar ko‘rishi mumkin. «Ular nemis siyosatining, nemis-rus siyosatining fiaskosini ko‘rmoqda», - dedi Polsha bosh vaziri. Shu bilan birga, u Ukrainaga qarshi urush uchun Moskvaga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga chaqirdi. Rossiya uchun Ukrainadagi strategik infratuzilma va tinch aholiga zarba berish oqibatlari bo‘lishi kerak, deya tushuntirdi Polsha hukumati rahbari.
Mateush Moravetskiy, shuningdek, Belarus, uning so‘zlariga ko‘ra, tobora Rossiya uchun harbiy bazaga aylanib borayotganidan xavotir bildirdi. Bu butun Yevropa xavfsizligiga tahdid soladi, deya ta’kidladi u va Polsha Boltiqbo‘yi davlatlari bilan birgalikda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni energetika va texnologiya sohalariga, xususan, ommaviy axborot vositalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalar eksporti uchun ham joriy etishga chaqirayotganini bildirdi.
Bundan tashqari, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari – Estoniya, Latviya va Litva ham Rossiya bilan atom energetikasi sohasida hamkorlikni to‘xtatishga, rus olmoslarini import qilishni taqiqlashga va Rossiya fuqarolariga Yevropa ittifoqida ko‘chmas mulkni sotmaslikka chaqirmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025