Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan qirg‘izistonliklar oilasiga 12 ming dollardan beriladi
Qirg‘iziston hukumati Tojikiston bilan chegaradagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan mamlakat fuqarolarining oila a’zolariga kompensatsiya to‘lab beradi.
14-17 sentabrdagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan qirg‘izistonliklarning oila a’zolari 1 million somdan (12 ming dollardan ko‘proq) kompensatsiya puli olishadi. To‘qnashuvlarda yaralanganlar ham jarohati darajasiga qarab 100 ming somdan 200 ming somgacha oladi. Bunday to‘lov tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ikki davlat o‘rtasidagi 14 sentabr kuni boshlangan oxirgi to‘qnashuvlarda Qirg‘iziston tomonidan 59 kishi halok bo‘lib, 122 kishi yaralangani xabar berilgandi. Tojikiston esa 41 fuqarosi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025