Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bog‘chada 20 nafardan ortiq bola ovqatdan zaharlangani haqidagi xabarlar rad etildi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Oltiariqdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarida ovqatdan zaharlanish belgilari mavjud emasligini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim massasasining 20 nafardan ortiq tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganiga doir xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ushbu holat yuzasidan olib borilgan tezkor o‘rganishlarga asoslanib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
«Shu yil 21 oktyabr kuni soat 11:45 lar atrofida Oltiariq tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir guruh tarbiyalanuvchilarida tana harorati ko‘tarilishi oqibatida Povulg‘on oilaviy shifokor punktiga murojaat bo‘lgan.
Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, mazkur bog‘chada bir kun avval «Hosiljon-mehrjon» bayrami o‘tkazilib, tadbir doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmali stol dasturxoni qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, uzum, hurmo, olma, banan, tarvuz hamda turli qandolatlar bilan bezatilgan. Bolajonlar esa ushbu yeguliklardan tartibsiz ravishda iste’mol qilgan.
21 oktyabr kuni oilaviy shifokor punktiga bo‘lgan murojaat asosida 8 nafar bemor tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Dastlabki tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, ularda ovqatdan zaharlanish belgilari kuzatilmagan.
Hozir ushbu bolajonlarning umumiy holati qoniqarli. Tegishli simtomatik davo muolajalaridan so‘ng kichkintoylardan 5 nafariga uyga javob berilgan», deyiladi xabarda.
Shuningdek, shifoxonaga yotqizilgan bog‘cha tarbiyalanuvchilaridan olingan tibbiy tahlil namunalari laboratoriyaga yuborilgan. Holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Ayni paytda mazkur o‘g‘il-qizlar salomatligini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z nazoratiga olgan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
17:15 / 06.05.2025