Jahon | 18:26 / 23.10.2022
24611
5 daqiqa o‘qiladi

Janglar ketayotgan Baxmut, zulmatda qolgan Mikolayiv. Urush suratlari

Ukraina hukumati mamlakat g‘arbidagi energetika obektlariga rossiyaliklarning raketa hujumlari ro‘y berganini ma’lum qildi. Uning ko‘lami 10-12 oktyabr kunlari qilingan hujum oqibatlariga «teng yoki undan ortiqroq». Qariyb bir yarim million kishi elektr ta’minotidan uzilgan. 23 oktyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar yana bir bor Mikolayiv va Zaporijjyani o‘qqa tutishgan. «Mediazona» va BBC rus xizmatiga ko‘ra, Ukrainadagi urush boshidan buyon 7822 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi o‘limi nomma-nom tasdiqlangan. So‘nggi bir oyda safarbar qilinganlardan kamida 41 nafari halok bo‘lgan.

Quyida 23 oktyabr, urushning 241-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutdagi janglar

Rossiyaliklar Baxmutni o‘qqa tutishi oqibatida ko‘tarilgan tutun ustuni. Oktyabr oyida Ukraina va Rossiya kuchlari parallel yurishlarini davom ettirmoqda. «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi otryadlari Baxmutning janub va sharqidagi hududlarga yorib kirgan, bu vaqtda Ukraina qurolli kuchlari ham Xarkiv va Luhansk oblastlari chegarasida ilgarilamoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning Su-25 qiruvchi samolyoti Baxmut atrofida raketa hujumidan himoyalanmoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinida o‘ziyurar artilleriya qurilmasini boshqarayotgan ukrainalik harbiy xizmatchi
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Baxmut yaqinida o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochmoqda
LIBKOS / AP / Scanpix / LETA

 Xarkiv oblastida tibbiy yordam ko‘rsatilishi

Harbiy vrach Natalya Lelyux yaqinda Ukraina tomonidan ozod etilgan Sinichino qishlog‘iga dori-darmon yetkazib bermoqda. Sinichino 2022 yil sentabrida Ukraina armiyasining qarshi hujumi natijasida qaytarib olingan Izyum yaqinida joylashgan
Carl Court / Getty Images
Vrach Natalya Lelyux Xarkiv oblastining Kamenka qishlog‘ida mahalliy aholi vakillaridan birini ko‘rikdan o‘tkazish arafasida. Kamenka ham Izyum atrofidagi qishloqlardan biri.
Carl Court / Getty Images
Sinichino qishlog‘ida yashovchilardan biri tibbiy brigada tashrifi vaqtida
Carl Court / Getty Images
Sinichinoda yashovchi kasalmand kishi armiya tibbiy xodimlari brigadasidan yordam olmoqda
Carl Court / Getty Images
Harbiy vrach Natalya Lelyux va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shifokori Tatyana Timoshenko Kamenki qishlog‘i aholisi bilan suhbatda
Carl Court / Getty Images
Sinichino qishlog‘ida yashovchi ayol armiya tibbiy xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqda.
Carl Court / Getty Images

Mikolayivda otishmalardan keyingi hayot 

Mikolayivda yashovchi Tatyana Goncharova Rossiya tomonidan shu kunlarda shaharga berilgan aviazarba oqibatida shikastlangan kvartirasi oldida. Mikolayiv o‘qqa tutilishi davom etmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayvlik kishi oynalari to‘kilib ketgan balkonda mix qoqmoqda. Region tinimsiz zarbalarga duchor bo‘lmoqda — 23 oktyabrga o‘tar kechasi Mikolayiv oblastiga Shahed-136 tipidagi kamikadze dronlar hujum qilgan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayivlik ayollar ichimlik suvi olib qaytmoqda. Shaharni suv bilan ta’minlovchi magistral quvur urush boshidayoq shikastlangan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Bolalar bog‘chasi xodimi o‘choqda ovqat qilmoqda. Rossiya tomonidan tinimsiz zarbalar tufayli shahar elektr ta’minotidan uzilgan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Shahar raketa zarbalari tufayli elektrsiz qolgan  sharoitda World Central Kitchen jamoat tashkiloti ko‘ngillilari Mikolayivdagi shifoxonalar bemorlari va mahalliy aholi uchun taom tayyorlamoqda.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayivlik kishi elektr energiyasi o‘chgan mahalda qorong‘i kafeda limonad ichmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Tug‘urqxona xodimi rossiyaliklar zarbalari tufayli tok o‘chgan mahalda bemorlarga yegulik tarqatmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid