Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisining o‘rinbosarini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 oktabr kuni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri, qo‘shma hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Komissiya faoliyati asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoatda, yoqilg‘i-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025