Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols: Ukraina YeI bo‘lajak a’zosi sifatida tiklanadi
Ukrainani tiklashda bu davlat kelajakda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi kerakligini hisobga olish kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Berlinda bo‘lib o‘tgan Germaniya-Ukraina iqtisodiy forumida ma’lum qildi.
U Kiyevni Rossiyaning yirik hujumlariga uchragan Ukraina energetika sektori Ukraina YeIga samarali elektr energiyasi yetkazib beruvchiga aylanishi uchun tiklanadi, deb ishontirdi.
Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan boshlangan urush Germaniya va Ukrainani birlashtirganini ta’kidladi.
Bundan oldin Germaniya kansleri va Yevrokomissiya raisi Ukrainaga mamlakatni qayta tiklashda yordam berish rejasini ishlab chiqishga chaqirgandi, bu esa Marshall rejasi bilan qiyoslanadi.
Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari «bugundanoq» birgalikda Ukrainaga qarshi Rossiya tomonidan boshlangan urushdan keyin uni tiklashda ishtirok etish haqida o‘ylashlari kerak va buning uchun iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan «Marshall rejasi»ga (Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerikaning Yevropaga yordam dasturi) taqqoslanadigan dastur ishlab chiqish lozim, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen. Siyosatchilarning qo‘shma maqolasi Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasida chop etildi.
Shols va fon der Lyayyenning fikricha, urushdan keyin Ukraina tezda «oyoqqa turishi» va iqtisodiyotni tiklashi kerak, bu qayta qurish loyihasi Ukrainaning kelajakda qanday davlatga aylanishini belgilab beradi. «Tarixiy voqealar bilan solishtirganda doimo ehtiyotkor bo‘lish kerak, ammo bu XXI asr uchun yangi Marshall rejasini yaratishdan boshqa narsa emas», deyiladi maqolada.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025