O‘zbekiston | 10:06 / 25.10.2022
31093
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon tumaniga hokim tayinlandi

Baxtiyor Mamatkarimov Andijon tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov 1980 yil Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya instituti, 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, 2021 yili esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filiali valuta shu’basi pul almashtirish shoxobchasi kassiri, kassir-nazoratchisi, valuta bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2003-2007 yillarda “Asakabank” davlat aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati filialida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2007-2009 yillar Markaziy bank Andijon viloyati bosh boshqarmasida, 2009-2016 yillar “Trastbank” xususiy ochiq aksiyadorlik birja bankida ishlagan.

2016-2019 yillarda “Neftgazinvest” mas’uliyati cheklangan jamiyatida guruh rahbari va 2019-2020 yillar “O‘zLITIneftgaz” AJ boshqaruvi raisi iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

2020 yildan hozirgacha “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining moliya va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.

Andijon tumaniga 2021 yil fevralidan buyon hokimlik qilib kelgan Abdujabbor Egamberdiyev 2022 yil avgustida qabuliga kelganlarga poygakdan joy berganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.

2022 yil sentabrda prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov rahbarligidagi yig‘ilishda Abdujabbor Egamberdiyev davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid