Jahon | 15:08 / 25.10.2022
18182
6 daqiqa o‘qiladi

Mikolayivda suv uchun navbat, Donbass shimolidagi ukrain askarlari. Urush suratlari

Ukraina Luhansk oblastidagi Karmazinovka, Myasojarovka va Nevskoye qishloqlarini, Donetsk oblastida esa Novosadovo  qishlog‘ini ozod etdi. Ularning barchasi Xarkiv oblasti bilan chegara hududida joylashgan. Rossiyalik harbiy qo‘mondonlar Ukraina «iflos bomba» portlatib, provokatsiya uyushtirishni maqsad qilganini aytishda davom etmoqda. G‘arbdagilar buni eskalatsiya uchun bahona sifatida qabul qilishmoqda. «Mediazona» Rossiyada qariyb 500 ming kishi safarbar qilingan degan xulosaga keldi.

Quyida 24 oktyabr, urushning 243-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Izyumdagi hospital. Yevgeniy Maloletka fotosuratlari

Izyum hospitali shaharda 1 apreldan 11 sentabrga qadar Rossiya istilosi ostida ishlashda davom etgan yagona tibbiy muassasa edi. Bugungi kunda ukrain sapyorlari otishmalardan kuchli darajada shikastlangan hospital atrofini minalardan tozalashmoqda, istilo vaqtida odamlarning hayotini saqlab qolish uchun rossiyalik harbiylar bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri kelgan shifokorlar esa og‘ir sharoitlarda ishlashga harakat qilmoqda. Yevgeniy Maloletka — bu urushdagi asosiy fotograflardan biri — bu kadrlarni sentabr oyida olgan, ammo Associated Press reportaji  24 oktyabr kuni chiqdi.

Qo‘ltiqtayoqqa tayangan bemor vayronaga aylangan jarrohlik bo‘limi oldidan o‘tmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Hospitalga kirish joyida dam olayotgan bemorlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Izyum bombardimon qilingan vaqtlarda davolash bo‘limi sifatida foydalanilgan yerto‘la yo‘lagida turgan bemor
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Keksa yoshli bemorni zambildan karavotga o‘tkazayotgan shifokorlar
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
O‘likxonadagi ish stolida o‘tirgan shifokor
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Izyum hospitalidagi o‘likxonaga joylashtirilgan plastik qoplardagi jasadlarga qarab turgan shifokor
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mikolayivdagi hayot. Emilio Morenatti fotosuratlari

Ispaniyalik fotograf Emilio Morenatti Associated Press uchun 18 yildan buyon surat olib keladi. Uning ishlari jahon fotokonkurslarida qatnashgan, 2021 yilda u keksa ispaniyaliklarning koronavirusga qarshi kurashi haqidagi fotosuratlari uchun Pulitser mukofotini olgan. Ukrainaga Morenatti urushdan oldinroq kelgan va hozirga qadar front ortidagi shaharlardagi hayotni aks ettiruvchi suratlar olib keladi. «Meduza» uning harbiy harakatlar oqibatida tanasining bir qismidan ayrilgan kishilar haqidagi reportajini taqdim etgandi. Quyida esa Morenatti tomonidan deyarli har kuni RF armiyasi tomonidan intensiv ravishda o‘qqa tutilayotgan Mikolayiv shahrida olingan suratlar.

Mikolayivliklar World Central Kitchen xayriya tashkiloti tomonidan tarqatilayotgan yegulik uchun navbatda turibdi. Tashkilot G‘arbda xayriya mablag‘lari yig‘adi va bu mablag‘larni ukrain restoranlariga taqsimlaydi, restoranlarda tayyorlangan taomlar esa Ukraina hududlarida nochorlikda qolgan odamlar uchun bepul tarqatiladi.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivda ichimlik suvi uchun navbat. Shaharda 12 apreldan buyon quvurlarda sifatli ichimlik suvi yo‘q, o‘shanda Rossiya qo‘shini Xerson oblastining Kiselevka qishlog‘ida suv quvurini yakson qilgandi. Truba snaryad kelib tushishi oqibatida portlab ketgan. Ukrainalik ishchilar shikastlanishni bartaraf etishga harakat qildi, ammo doimiy zarbalar tufayli buning imkoni bo‘lmadi. Bugun Mikolayivga ichimlik suvi asosan Odessadan ko‘ngillilar yordamida olib kelinadi.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivlik ayol ichimlik suv to‘ldirilgan idishlar ortilgan aravasini sudrab ketmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy frontga jo‘nashdan oldin sevgilisi bilan vidolashmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mikolayivlik kishi atrofi qum to‘ldirilgan qoplar bilan himoyalangan supermarketdan xarid qilib chiqmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Krivoy Rogdagi bombapanada yakkakurash bo‘yicha turnir

O‘smir yoshidagi ukrainlar Krivoy Rogda 1960 yilda, sovuq urush davrida qurilgan yadro bunkerida qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalashmoqda. Krivoy Rog urush boshidan buyon Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolgan.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Tanaffusda o‘z shogirdiga ko‘rsatma berayotgan murabbiy
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Ukrain askarlari Donbass shimolidagi pozitsiyalarida

Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar Ukraina armiyasining Donetsk oblastidagi pozitsiyalariga hujum qilishga urinib, Baxmut va Avdeyeva yo‘nalishlariga faol harakatlanmoqda. Bosh shtab Ukraina armiyasi Baxmut, Avdeyevka va Donetsk oblastining boshqa shahar va qishloqlariga qilingan navbatdagi hujumlarni qaytarganini ma’lum qilgan.

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid