Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning yirik shaharlaridan O‘zbekistonga charter havo qatnovlarini tashkil etiladi
O‘zbekiston elchisi Muhsin Abdurahmonov Yaponiyaning All Nippon Airlines (ANA) aviakompaniyasi vitse-prezidenti Junichiro Miyagava bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muzokaralar chog‘ida Yaponiyadan O‘zbekiston shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va turizm sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Samarqandda soatiga 800 nafar yo‘lovchiga va haftasiga 120 tagacha havo qatnoviga xizmat ko‘rsata oladigan zamonaviy aeroport terminali hamda yangi sayyohlik markazi ochilganiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Yaponiyaning yirik shaharlaridan O‘zbekistonga charter havo qatnovlarini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025