Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Z belgisini mashinaga yopishtirib olgan shaxs 4000 yevro jarimaga tortildi
Mashinasining orqa oynasiga Z belgisini qo‘ygan haydovchi 4000 yevro jarimaga tortildi. Hamburg sudi buni Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlash sifatida baholadi.
Germaniyada Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushini qo‘llab-quvvatlash ramzi hisoblangan Z harfini mashinasining orqa oynasiga qo‘yib olgan erkak katta miqdorda jarimaga tortildi. Hamburgdagi ma’muriy sud 25 oktyabr, seshanba kuni 62 yoshli haydovchini jinoiy harakatlarni ma’qullaganlikda aybdor deb topdi va unga 4000 yevro jarima soldi, dedi sud vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sud jarayonida sudlanuvchi mart oyida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan taxminan bir oy o‘tib, mashinasiga ko‘k Z harfi tushirilgan A4 formatdagi oq varaqni o‘rnatganini inkor etmagan. Sudning fikricha, bu Rossiya bilan birdamlik va Ukrainadagi urushni ma’qullashni namoyon qiladi, deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng, Z harfi V harfi bilan birga, rus «maxsus operatsiyasi»ning rasmiy belgilariga aylandi. Avvaliga bu harflar Rossiya harbiy texnikalarida ko‘rindi, keyin esa rasmiylar va rasmiy targ‘ibot Z hamda V'dan Rossiya armiyasini va uning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni namoyish qilish uchun ishlata boshladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025