Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada ikkita NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimi joylashtiriladi
Ukrainada yaqin vaqt ichida past va o‘rta balandlikdagi aerodinamik nishonlarning manyovr qilishiga qarshi mo‘ljallangan ikkita NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimi joylashtiriladi.
Norvegiyaning Kongsberg Defence & Aerospace kompaniyasi tomonidan Amerikaning Raytheon Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan NASAMS mobil zenit-raketa tizimlari zamonaviy AIM-120 o‘rta masofaga uchuvchi «havo-havo» turidagi uchuvchisiz uchish apparatlari, ballistik raketalar va qiruvchi samolyotlarni urib tushirishga qodir.
Ukraina uchun mo‘ljallangan NASAMS tizimlari AQSh ma’muriyati ixtiyoriga berilgani haqida Raytheon Technologies ijrochi direktori Greg Xeys bayonotiga tayanib, Defense News xabar berdi.
Bungacha Xeys Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan NASAMS’ga bo‘lgan talab oshib borayotganini aytgandi.
Avvalroq Isroil prezidenti Itsxak Gersog, uning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, AQShga Eron uchuvchisiz uchoqlari Rossiya tomonidan Ukrainada qo‘llanganini isbotlovchi razvedka ma’lumotlarini taqdim etgandi.
«Eron qurollari bizning dunyomizni beqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi», deya ma’lum qildi Gersog Vashingtonga tashrifi chog‘ida.
Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat «saboq olishi» hamda Eron bilan «yagona, qattiq va murosasiz tilda» gaplashishi kerak.
Shunga qaramay, Isroil hozircha Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishdan o‘zini tiyib turadi va unga «temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishga tayyor emas.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025