Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:21 / 27.10.2022
1373
1 daqiqa o‘qiladi
EIZ ma’muriy kengashlarini tugatish vakolati erkin iqtisodiy zona direksiyasiga beriladi
O‘zbekiston prezidenti va hukumati ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
Prezident va hukumat ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi:
- erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlarini tugatish hamda ular aksariyat vakolatlarini erkin iqtisodiy zonalar direksiyalariga berish;
- kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari va bino-inshootlarni xususiylashtirish bo‘yicha tartibni belgilash;
- kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini va bino inshootlarini ijara yoki mulk huquqi asosida E-auksion elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish tartibini joriy qilish.
Qaror ijrosini nazorat qilish bosh vazir investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayev zimmasiga yuklatiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:48 / 10.03.2025
Ikkita muhofaza etiladigan hududning qo‘riqlanma zonalari belgilandi
11:10 / 12.02.2025
Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi
13:24 / 06.02.2025
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin
09:10 / 19.07.2024