Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat rasmiylari G‘afur G‘ulom bog‘ining nomini o‘zgartirmaslik masalasida tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rasmiy xabarga ko‘ra, rasmiylar bilan uchrashuvda tadbirkor bog‘ning nomini o‘zgartirishga “hech qanday xohishi yo‘qligi”ni va O‘zbekiston qonunlarini hurmat qilishini aytgan. “Dream Park” va “Orzular bog‘i” degan nomlardan “faqat savdo belgisi sifatida” foydalanishini bildirgan.
26 oktyabr kuni rasmiy shaxslar va Singapurning “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ining nomi o‘zgarishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvlar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bo‘lim mudiri U.Mahmudov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari A.Xen, hokimning davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Toponimika bo‘limi boshlig‘i A.Jabborov, kompaniya rahbari O.Mirzajonov va uning o‘rinbosari Z.Mirzaulug‘ov ishtirok etgan.
Departament xabariga ko‘ra, uchrashuvda tadbirkor bog‘ning nomi o‘zgarmasligini, O‘zbekiston qonunlarini hurmat qilishini, bog‘ning nomini o‘zgartirishga “hech qanday xohishi yo‘qligi”ni aytgan.
“Dream Park” va “Orzular bog‘i” degan nomlardan “faqat savdo belgisi sifatida” foydalanishini bildirgan.
Uchrashuvda tadbirkorga “Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun talablari haqida ma’lumot berilgan.
Eslatib o‘tamiz, G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan qayta ochilishi haqida avvaliga Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati e’lon qilgan edi. Shundan keyin xalq o‘rganib qolgan nom ajnabiy so‘zlar bilan almashayotgani e’tirozlarga sabab bo‘lgach, hokimlik matbuot xizmati bu boradagi xabarini tahrirladi.
Uch yildan buyon ta’mirlash ishlari sabab yopiq bo‘lgan G‘afur G‘ulom bog‘i tez kunlarda ochilishi va’da qilingan. Chilonzor tumani hokimligi bog‘ hali ochilmagani, attraksionlarning xavfsizligini sinash ishlari yakunlangach, rasmiy ochilish marosimi bo‘lishini ma’lum qilgan.
Bog‘ Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston fuqarosiga tegishli “BMP Smart Decision Private Limited” kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan. Ijara shartnomasining shartlari keng ommaga ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025