Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona 1 noyabrdan tun-u kun ishlaydigan rejimda ish boshlaydi
Kutubxona hozircha 24/7 test rejimida ishga tushadi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Yoshlar ishlari agentligi rahbarining yozishicha, Milliy kutubxona 1 noyabrdan test rejimida uzluksiz ishlaydi.
“Talablaringizga ko‘ra, Milliy Kutubxona 1 noyabrdan test rejimida 24/7 ishlashni boshlaydi. Tartiblari haqida alohida matbuot anjumani ham reja qilinmoqda”, – deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq tarmoq foydalanuvchilaridan biri Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayevga Milliy kutubxonani 24/7 soat ishlaydigan qilish taklifini yozib qoldirgandi va agentlik rahbari tez orada kutubxona tun-u kun ishlaydigan joyga aylanadi degan ma’noda tvit qo‘ygandi.
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dushanba-juma kunlari ertalabki soat 9:00dan kechki soat 20:00gacha, shanba-yakshanba kunlarida esa soat 9:00dan soat 17:00gacha ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
20:46 / 18.04.2025
O‘zbekistonda umummilliy birdamlik bog‘lari tashkil etiladi
12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat
00:09 / 01.09.2024