Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Toshkentda «yashil» transport yo‘laklarini joriy etishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan «Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish» qo‘shma loyihasi doirasida «yashil» shahar transport tizimlari bo‘yicha eng ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida vazirlik xodimlarining Koreyaga o‘quv xizmat safari tashkil etildi.
Xizmat safari davomida Seul shahri jamoat transporti sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi islohotlar, shaharda joriy etilgan avtobus yo‘laklari (BRT), integrallashgan elektron to‘lov (T-Money) tizimi, daromadlarni tashuvchilar o‘rtasida taqsimlashda Pool tizimi, jamoat transport infratuzilmasida aholi zaif qatlamlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Janubiy Koreya shaharlarida joriy etilayotgan transportdan holi bo‘lgan «yashil» hududlar va jamoat transporti parki uchun elektrobuslar xarid qilishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tajribalari o‘rganildi.
O‘zbekiston vakillari Seul shahar ma’muriyati qoshida tashkil etilgan transport ma’lumoti xizmati (TOPIS) faoliyati bilan tanishdilar. TOPIS xodimlari shahar transport tizimini operativ boshqaruv faoliyati, haydovchisiz harakatlanayotgan transport vositalari pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yo‘l ma’lumotlarini tahlil qilib borish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvlar davomida Toshkent shahrida jamoat transporti sohasini isloh qilish, «yashil» transport yo‘laklarini joriy etishda o‘zaro bilim va tajriba almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025