O‘zbekiston | 11:39 / 01.11.2022
7017
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki audit milliy standartlari ishlab chiqildi

Moliya vazirining “Ichki audit milliy standartlarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i imzolandi.

Hujjat bilan budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va ular tizimidagi budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining ichki audit xizmati uchun milliy standartlar o‘rnatilmoqda.

Standartlarga muvofiq:

  • ichki audit xizmati o‘z faoliyatida vazirlik va idora boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita vazirlik va idora rahbariga bo‘ysunadi hamda unga hisobdordir;
  • ichki audit tadbirlari ichki audit yillik rejasi asosida ichki audit obektida o‘tkaziladi;
  • budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilgani to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushganda hamda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali ichki audit tadbiri o‘tkaziladigan ichki audit obektlari aniqlanganda, ichki audit tadbirlari vazirlik va idora rahbari qarori asosida o‘tkaziladi;
  • ichki audit tadbiri ichki audit tadbirini o‘tkazish guruhi yoki ichki audit xizmati xodimi tomonidan o‘tkaziladi;
  • ichki audit xizmati ichki audit obekti rahbariga auditdan 5 kun oldin ichki audit tadbiri davomida bajariladigan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, ichki audit tadbirini o‘tkazishda taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar ro‘yxati hamda ularni taqdim etish muddatlari, ichki audit tadbirini o‘tkazish guruhi a’zolari ro‘yxatini ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi.

2023 yil 1 sentabridan boshlab ichki audit xizmati xodimi malakasi ichki audit milliy malaka sertifikati orqali tasdiqlanadi.

Mavzuga oid