Jahon | 08:22 / 01.11.2022
4520
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada harbiy komissarliklar 1 noyabrdan boshlab odatdagidek ishga qaytadi

Safarbarlik doirasida harbiy xizmatga chaqirish bilan bog‘liq barcha tadbirlar yakunlandi, chaqiruv qog‘ozlarini tayyorlash va yetkazib berish to‘xtatildi, deya xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi. 

Foto: AA

Vazirlik rahbari Sergey Shoygu topshirig‘iga ko‘ra, Bosh shtab «harbiy okruglar qo‘mondonlariga va Shimoliy flot qo‘mondoniga 1 noyabrga qadar qisman safarbarlik tadbirlari yakunlangani to‘g‘risida hisobot berish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yubordi». 

Harbiy ro‘yxatga olish va komissarliklar 1 noyabrdan boshlab odatdagidek ishga qaytishi kerak. Kelgusida ular faqat shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga ko‘ngillilar va nomzodlarni jalb qilish bilan shug‘ullanadilar.

Bundan oldin Rossiyada safarbar qilingan ishchilar ommaviy ravishda vaqtinchalik xodimlarga almashtirilayotgani xabar berilgandi. 

Rossiya mehnat bozorida oktyabr oyining dastlabki ikki haftasida vaqtinchalik bo‘sh ish o‘rinlari soni 52 foizga oshdi, deb xabar berdi RBK internet nashri HeadHunter ish qidirish portali tadqiqoti natijalariga tayanib. 

E’lonlarning aksariyati kurerlar (barcha vaqtinchalik bo‘sh ish o‘rinlarining 14 foizi), savdo menejyerlari, qadoqlash va haydovchilar (7-8 foiz), sotuvchilar, koll-markaz operatorlari, o‘qituvchilar, shifokorlar va IT-mutaxassislarni qidirish bilan bog‘liq. 

HeadHunter tahlilchilarining fikricha, kompaniyalar endi armiyadan qaytgunicha oxirgi o‘rinni saqlab qolgan holda safarbar qilingan xodimlarni ommaviy ravishda almashtirishga majbur. Vaqtinchalik bo‘sh ish o‘rinlari sonining keskin o‘sishi, umuman, mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni aks ettirishi ham mumkin, deydi ekspertlar. 

Oktabr oyida ish beruvchilar HeadHunter portalida oldingi davrga nisbatan 37 foiz ko‘proq e’lon joylashtirdi. Vaqtinchalik bo‘sh ish o‘rinlari barcha takliflarning 8,2 foizini tashkil qiladi, ularning soni bir yarim barobar oshdi. Sentabr oyida ularning ulushi 9,2 foizga yetdi, ammo bo‘sh ish o‘rinlari soni kamroq edi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid