O‘zbekiston | 09:44 / 01.11.2022
2599
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari sababli bugun Toshkent shahrining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Sabzavot Mahallasi hududidan o‘tgan yuqori bosimli d-530 mmli gaz quvuriga “Hududgaz Poytaxt” GTF xodimlari tomonidan hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilmoqda.

Shu sababli 2022 yil 1 noyabr kuni soat 10:00 dan Yunusobod tumani, 2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-12-13-14-15-16-17-18-19-mavzelarda, Posira, Bobodehqon, Oqtepa, Obod, Bog‘i bo‘ston, Gullola, Oqibat, Yangi ariq, Turk qo‘rg‘on, Registon, Moy qo‘rg‘on, Bodomzor, Bo‘zsuv, Islomobod, Usta Shirin, Adullayeva, Otchopar 1-2 mahallalarida;

Olmazor tumani, Miskin, Qorasaroy, Xonchorbog, Eski shahar, Ziyokor, Beshqo‘rg‘on, Moyqo‘rg‘on mahallalarida, Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4-mavzelarida.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillardagi barcha turdagi ulgurji tashkilotlarda, jumladan, Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga ulangan yirik ishlab chiqarish korxonalarida, “Laziz savdo biznes”, “Aleks plyus biznes”, “Delyuks trans servis”, “Yunusobod metan servis”, “Edem bolalar uyi”, “Dream gaz”, “Hablot gaz” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, Yashnobod tumani, S. Mashhadiy ko‘chasida joylashgan gaz qudug‘idan gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 2022 yil 1 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00ga qadar Maxtumquli, S. Mashhadiy, Sulola, M. Riyoziy, Oydin, Temiryo‘l, Botkina, Aviyahim, Qamashi, Parkent 5-tor ko‘chasi, S. Mashhadiy 1-tor ko‘chalaridagi aholi xonadonlarida hamda 25 ta ulgurji tashkilotlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shundan:

1. Umumiy ovqatlanish shoxobchasi-13 ta

2. Nonvoyxona-2 ta

3. Maktab-1 ta

4. MTT-1 ta

5. Davlat tashkiloti-2 ta

6. Osiflar-6 ta”, – deyiladi xabarda.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid