Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi korxona ishchilarini haqorat qilgan hindistonlik shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hindiston fuqarosi bo‘lgan shaxs Telegram’dagi guruhda Qashqadaryodagi o‘zi ishlayotgan MChJ ishchilarini so‘kib, haqorat qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Indorama agro” MChJ xodimlari viloyat IIBga murojaat qilib, Telegram’dagi guruhda “Rahul” nomli foydalanuvchi ingliz tilida korxona ishchi-xodimlarini haqorat qilganini, bu bir qancha ishchilarning e’tirozlarga sabab bo‘lganini bildirib, ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Telegram messenjerida xaqoratli so‘zlarni ishlatgan shaxs Hindiston davlatida tug‘ilgan, hozirda “Indorama agro” MChJda ishlovchi xodim K.R. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda itni tiriklay kuydirgan Xitoy fuqarosiga chora ko‘rilgandi.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi
11:02 / 15.12.2024
Taxtiqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:04 / 06.11.2024