O‘zbekiston | 17:06 / 02.11.2022
4563
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti vaqtinchalik yopiladi

Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona postida 5-12 noyabr kunlari fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatiladi.

Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Jartepa" chegara bojxona postida joylashgan binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, 2022 yilning 5-12 noyabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi.

Cheklov quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:

  • diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
  • rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
  • respublikamizda investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
  • xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
  • mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
  • Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga;
  • o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
  • Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.

Avvalroq, 2022 yil 5-16 sentabr kunlari ham yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan “Jartepa” chegara bojxona posti vaqtinchalik yopilgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid