Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning yadro obektlarida «iflos bomba» tayyorlanish belgilari topilmadi
MAGATE Ukrainaning uchta atom elektr stansiyasini tekshirib, «iflos bomba» tayyorlanish belgilarini topmadi.
Rossiya rasmiylari Ukrainani past quvvatli «iflos bomba» yadro qurolini yaratayotganlikda ayblaganidan so‘ng, MAGATE Ukrainadagi uchta yadro inshootini tekshirdi. Tekshiruv o‘tkazilgan joylarda yadroviy faollik va materiallar belgisi topilmadi, deyiladi MAGATE bayonotida.
«MAGATE inspektorlari Ukraina hukumati so‘roviga ko‘ra, ushbu mamlakatning uchta joyida tekshiruv o‘tkazdi va deklaratsiya qilinmagan yadroviy faoliyat va materiallar belgisini topmadi», — deyiladi agentlik xabarida.
«Iflos bomba» radiologik qurolning oddiy varianti bo‘lib, uning asosiy zarari portlash tufayli emas, balki radioaktiv moddalarning tarqalishi bilan bog‘liq.
Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainani «iflos bomba» yaratishga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda ayblagan edi. 23 oktyabr kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina ixtiyorida «iflos bomba» yo‘qligini aytdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025