O‘zbekiston | 14:21 / 04.11.2022
3574
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident standartlashtirish to‘g‘risidagi yangi qonunni imzoladi 

“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

O‘zbekiston milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi: Investitsiyalar vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi; Standartlashtirish bo‘yicha milliy organ; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari; standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar.

Standartlashtirish asosiy vazifalaridan biri fuqarolar hayotini, sog‘lig‘ini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.

Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin: qisqa (1 yilgacha); o‘rta (1 yildan 5 yilgacha); uzoq (5 yildan 10 yilgacha).

Standartlar yagona axborot bazasi standartlashtirish bo‘yicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.

Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi: milliy standartlar; xalqaro (mintaqaviy) standartlar; xorijiy mamlakatlar standartlari.

Qonun 12 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid