Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“2-3 kunda 30-35 kilodan malina terib olyapmiz” - Asakadagi yangicha issiqxona
Asaka tumanida joylashgan adirlikda yangicha usulda issiqxona qurilyapti. Havo o‘tkazmaydigan material emas, to‘rdan qoplangan issiqxonada bahordan kuzgacha “Net House” usulida mahsulot yetishtirish mumkin. Malina, pomidor va bodringni sinov tariqasida ekkan tashabbuskorlar hozir ilk hosilni ola boshlashgan.
Loyihaning umumiy maydoni 111 gektarni tashkil etadi. Issiqxona dastgohlari Janubiy Koreya va Xitoydan olib kelingan. Yetishtiriladigan mahsulotlar mahalliy bozorlarga yetkazib berilyapti.

“Bu “Net House” usulidagi issiqxonalarimizdagi mahsulotlar tabiiy bo‘ladi. Issiqlik energiyasi sarf etilmaydi. To‘rdan qoplangan issiqxonaga hasharotlar kira olmaydi, to‘r o‘simliklarni quyosh nuridan ham himoya qiladi.
Issiqxonada yetishtirayotgan malinalarimiz adirlik joy uchun yangilik. Bu yil sinov tariqasida ekkanmiz. 2-3 kunda 30-35 kilodan malina terib olyapmiz”, – deydi korxona ish yurituvchisi Vahobjon Abdullayev.

Hozirda korxonada 100 dan ortiq mavsumiy ishchi faoliyat olib bormoqda.
Issiqxonada yetishtirilayotgan pomidorlarning serhosilligi ham ko‘rinib turibdi. Bir tup ko‘chat o‘rtacha 7-8 kilo xosil beradi. Bir gektar yerdan 120 tonnadan ko‘p hosil yetishtirilmoqda.

Bu yil loyiha sinovdan yaxshi o‘tsa, kelgusi yildan to‘liq quvvatda ish boshlash ko‘zda tutilgan. Mahsulotlar keyinchalik Yevropaga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri
Mavzuga oid
07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi
10:45 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida gazdan o‘g‘rincha foydalangan issiqxonalar aniqlandi
08:23 / 13.02.2025