Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ISW: Rossiyada safarbarlik yashirin tarzda davom etmoqda
Rossiya rasmiylarining mamlakatda safarbarlik tugagani haqidagi bayonotlariga qaramay, u yashirin rejimda davom etayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) kundalik hisobotida ma’lum qildi.
Bunga misol sifatida ekspertlar Putin safarbarlikni to‘xtatish haqidagi bayonotlaridan so‘ng imzolagan bir qancha farmonlarni keltirmoqda.
Hujjatlardan biri og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganligi o‘talmagan fuqarolarni safarbar etish imkonini beradi, ikkinchisi harbiy xizmatchilarning maqomini «ko‘ngillilar» sifatida kengaytiradi.
Bunday ruxsatnomalar safarbarlikni davom ettirish uchun shart-sharoit yaratadi, ammo endi u «ixtiyoriy xizmat» sifatida taqdim etiladi, deydi ekspertlar.
Bundan oldin 400 mingga yaqin rossiyalik safarbarlik tufayli Rossiyani tark etgani xabar berilgandi.
Bu raqam urush boshlanganidan keyin mamlakatni tark etganlarni o‘z ichiga olmaydi.
Bundan tashqari, ko‘plab rossiyaliklar qurolli kuchlarga chaqirilmaslik uchun «pana joylarga yashirinishgan», deydi dpa agentligi manbalari. Bunda, aniq raqamlar keltirilmagan.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Ukrainadagi urushga safarbar qilingan 300 ming kishidan 87 ming nafari yuborilganini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025