Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kichik o‘lchamli elektr transporti uchun batareyalar ishlab chiqariladi
Buxoro shahrida videokonferensiya tarzida Investitsiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi, Real Moto MChJ va Janubiy Koreyaning AIMS Co. Ltd. kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida AMS Co. Ltd. kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari namoyish etildi. Kompaniya elektroskuterlar, elektromopedlar, elektromototsikllar, akkumulyatorlar ishlab chiqarish, Seulda Nanu brendi ostida zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish bilan shug‘ullanadi. Batareyalarni almashtirish texnologiyasiga asoslangan Nanu zaryadlash stansiyalari batareyani 10 soniya ichida zaryadlashga imkon beradi.
Ushbu texnologiyalar yordamida kompaniya atrof-muhit va ekologik tozalikni himoya qilishga intiladi. Kompaniya eng yaqin stansiyaning joylashgan joyini, batareya zaryadi qolgan darajasini va batareya qolgan quvvatini istalgan vaqtda va istalgan joyda tez va oson tekshirish imkonini beradigan Nanu Mobility mobil platformasini ham taqdim etdi.
Muzokaralar yakunida Buxoro viloyatida elektroskuterlar, elektromopedlar va elektromototsikllar uchun batareyalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida barcha tomonlar ishtirokida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
13:56 / 02.05.2025
1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
11:55 / 28.04.2025