Toshkent viloyatining bir mutasaddisi ishdan ketdi, yana bittasiga hayfsan berildi
Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shadi, Ohangaron shahri hokimining o‘rinbosariga esa xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagani uchun hayfsan berildi.
Ohangaron shahri hokimining 5 noyabrdagi qarori bilan moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Anvar Turdiboyevga hayfsan intizomiy jazosi berildi. Qayd etilishicha, u Vazirlar Mahkamasining 587 sonli qarori bilan zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini lozim darajada bajarmagan.


Hujjatga ko‘ra, Turdiboyev asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlar narxlari barqarorligini ta’minlashi va zaxirasini yaratishda har bir hududlarda ichki talabdan kelib chiqib, chora-tadbirlar belgilashi hamda uning ijrosini ta’minlashi kerak bo‘lgan.
Shu bilan birga, Toshkent viloyatining yana bir mutasaddisi uchun hokim qarori e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Zangiota tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xayrulla Xo‘jamqulov o‘z xohishi bilan ishdan ketgan.
Tuman hokimining 3 noyabrdagi qaroriga asosan Xo‘jamqulov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 99 moddasi bilan bekor qilingan. Uning xuddi shu kuni yozib bergan arizasi esa hujjatga asos sifatida olingan.

Eslatib o‘tamiz, Xayrulla Xo‘jamqulov bu lavozimga Zangiota tuman hokimining shu yil 10 oktyabrdagi qaroriga muvofiq 3 oylik sinov muddati tugatilishi munosabati bilan tayinlangan edi.


Keyinroq Nazarbekdagi ko‘prik qurilishi hanuzgacha bitmayotgani yuzasidan viloyat hokimi Zoir Mirzayevning tashrifi chog‘ida ishdan bo‘shashini ma’lum qilgandi. O‘shanda hududdagi 3 ta xonadon vakillariga ko‘chadan o‘tib-qaytishi uchun yo‘llar vaqtida ochib berilmagani va bunga bevosita mas’ul bo‘lgan Xo‘jamqulov shu muammoni vaqtida hal qilmagani ko‘tarilgandi.
Bundan tashqari, Zoir Mirzayev tashrifi davomida buning uchun Zangiota tumani hokimiga chora ko‘rilishini aytgandi.
Mavzuga oid

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj

13:57 / 28.04.2025
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi

07:53 / 23.04.2025