Qarshi-Toshkent yo‘nalishidagi reys noqulay ob-havo sababli kechiktirildi
5 noyabr kuni Qarshidan Toshkentga uchishi rejalashtirilgan samolyot parvozi noqulay ob-havo sharoiti tufayli boshqa muddatga qoldirilgan. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (ko‘rishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, 5 noyabr kungi HY070 Qarshi–Toshkent yo‘nalishidagi qatnov 6 noyabr soat 05:30 ga majburiy ko‘chirilgan.
Qatnov ekipaji soat 05:30 qadar ob-havo yaxshilanishini kutgan va ekipajning ish vaqti tugagani ma’lum bo‘lgan. Havo kemasi sardori qatnovni soat 12:00 ga ko‘chirishga qaror qilgan.
6 noyabr kuni Qarshi–Toshkent yo‘nalishidagi HY-070 reysi belgilangan manzilga yetib borgan.
«Uzbekistan Airways aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:49 / 05.11.2024
Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ikki marta favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
21:13 / 20.10.2024
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida havo qatnovi tiklanadi
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
19:17 / 25.09.2024