Xersondan olib ketilayotgan qariyalar, Kiyevda xavf ostida qolgan jonivorlar. Urush suratlari
Urushning 255-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
Eron tashqi ishlar vaziri Rossiyaga harbiy dronlar yetkazib berilgani faktini ilk bor tan oldi. Ammo u dronlar urushdan oldin va katta bo‘lmagan miqdorda yetkazib berilganini aytdi. Ukraina prezidenti buni yolg‘on deb atadi va ukrain harbiylari kuniga o‘rtacha o‘nta eronliklar dronini urib tushirayotganini ma’lum qildi. Bunga qadar Moskva ham, Tehron ham avgust oyida harbiy harakatlar maydonida paydo bo‘lgan dronlar Erondan Rossiyaga yetkazib berilayotganini rasman inkor etayotgandi.
Rossiya Xerson yaqinida Dnepr daryosidan suzib o‘tish vositalarini portlatib yuborgan. Bu esa daryoda katta hajmda yonilg‘i-moy moddalari yig‘ilishiga olib kelgan, Xerson oblasti harbiy ma’muriyati bu ekologik falokat tahdidini yuzaga keltirganini aytmoqda.
Yevgeniy Prigojin «Kepka Prigojina» telegram-kanali go‘yoki o‘ziga tegishli emasligini aytdi - bu kanal shu vaqtgacha uning matbuot xizmati orqali OAV savollariga javob qaytarib kelardi. Shundan so‘ng uning matbuot xizmati bo‘lgan «Konkord» guruhi telegramda ochilgan yangi kanal uning rasmiy sahifasi ekanini bildirdi.
Xerson san’at muzeyidan ma’lum qilishlaricha, Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat evakuatsiya bahonasida eksponatlarni Qrimga olib ketgan.
Rossiyaliklarning iyul-sentabr oylarida possovet hududidagi mamlakatlarga tashrifi bo‘yicha so‘nggi yillardagi rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Anneksiya qilingan Melitopolda yetti yil muqaddam buzib tashlangan Lenin haykali tiklandi.
Quyida 5 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xerson oblastida qariyalar uyidagi aholining ko‘chirilishi
Xarkiv oblastidagi yerosti turargohida konsert
Donetsk oblastidagi rossiyalik harbiylarga oziq-ovqat yetkazilishi
Xerson oblastida front chizig‘i yaqinidagi qishloq
Kiyev oblastidagi hayvonot bog‘i qishga tayyorlanmoqda