Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Rossiya Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfini kamaytirishni muhokama qildi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va rossiyalik hamkasbi Nikolay Patrushev bilan norasmiy suhbatlarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida yadroviy quroldan foydalanish xavfini kamaytirishni muhokama qilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Biz Rossiya bilan yadro qurolidan foydalanish xavfini kamaytirish, shuningdek, undan ehtimoliy foydalanish oqibatlarini Moskvaga yetkazishga qaratilgan yuqori darajadagi aloqalarni o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldik. Biz ushbu aloqalar qaysi kanallar orqali amalga oshirilganini oshkor qilolmaymiz, bu ularni himoya qilish uchun kerak», dedi Sallivan.
Avvalroq Sallivanning Patrushev va Ushakov bilan aloqalari haqida The Wall Street Journal xabar bergan edi.
Bundan oldin NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Turkiyaning NTV telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish xavfi pastligi haqida aytib o‘tgandi.
Biroq, Moskvaning bunday harakatining oqibatlari «katta bo‘ladi», shuning uchun Shimoliy Atlantika alyansi buni juda jiddiy qabul qiladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Rossiya «mas’uliyatsiz va o‘ylamasdan» harakat qilmoqda, deb ta’kidlab o‘tdi Yyens Stoltenterg.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025