BAA O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga sarmoya kiritishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasida Soulsip Sunny General Trading LLC kompaniyasi rahbari Mukesh Kochxar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo
Mukesh Kochxar O‘zbekistondagi o‘zgarishlar jarayoni, ishbilarmon doiralar vakillariga qaratilayotgan alohida e’tiborni qiziqish bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi.
Soulsip Sunny General Trading LLC kompaniyasi rahbari mamlakatda energetika, xususan, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha istiqbolli loyihalar, logistika, savdo-iqtisodiy va turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya delegatsiyasi o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish maqsadida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi

18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi

11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi

03:00 / 08.05.2025