Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Markaziy Osiyo birligi kuchli bo‘lsa, turkiy dunyo ham kuchli bo‘ladi” – Bog‘dod Amreyev
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi intervyu davomida rus doiralarida qo‘llanadigan “panturkizm” atamasi haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi.
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev Kun.uz saytiga bergan intervyusida Rossiyaning ayrim doiralarida turkiy xalqlar birligiga nisbatan qo‘llanadigan “panturkizm” atamasi va Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi haqida fikrlarini bildirdi.
“Panturkizm” xavf emas. Panturkizm bu – turkiy mamlakatlarning bir-biriga yaqinlashuvi. Unda qanday xavf bo‘lishi mumkin?!
Bu jarayonni butun Rossiya davlatchiligi emas, u yerdagi ayrim doiralar xavf sifatida ko‘rib kelgan. Bu endi tabiiy holat. Chunki aksar turkiy davlatlar ko‘p yillar Rossiya ta’siri ostida bo‘lib keldi. Turkiy mamlakatlar birlashganda, Rossiyaning ularga bo‘lgan ta’siri ham zaiflashadi. Buni esa ular xohlamaydi.

Ammo biz Rossiya xohlamaydi, deya birlashuv, yaqin aloqalarni to‘xtatmaymiz. Panturkizmda hech qanday xavf yo‘q. Buni xavf sifatida ko‘rish turkiy mamlakatlar birikishiga qarshilik deb o‘ylayman. Bu juda yaxshi jarayon”, – dedi tashkilot rahbari sayt muxbirining shu mavzudagi savoliga javoban.
Amreyev intervyu davomida Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy Osiyo mamlakatlari integratsiyasiga qanday qaraydi va bu loyihani xalqaro maydonda qanchalik himoya qiladi, mazmunidagi savolga ham javob berdi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari turkiy dunyoning o‘ta muhim bo‘lagi. Bu mamlakatlar yaqinlashuvi bizning tashkilotni ham kuchaytiradi. Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasi turkiy dunyoning ham orzusi, maslahatidagi masala. Markaziy Osiyo kuchli bo‘lsa, turkiy dunyo ham kuchli bo‘ladi. Bu jarayonga nisbatan bizning qarash juda yaxshi. Biz bu loyihani doim himoya qilamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz”, – dedi Bog‘dod Amreyev.
Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
18:16 / 28.09.2023
Qorabog‘ning Ozarboyjonga qaytishi nimalarni anglatadi?
17:00 / 07.11.2022
“Boshqalar bilan qanday ziddiyati bo‘lsa, turkiy davlatlar bir-birining yonida turadi” - Bog‘dod Amreyev bilan suhbat
09:16 / 04.06.2022
Buxoro shahriga “Birinchi turkiy dunyo yoshlar tashabbuslari poytaxti” maqomi berildi
17:16 / 29.07.2021