Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes oliy maktabida IT-Business bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi
Janubiy Koreyada amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ushbu mamlakatdagi yetakchi ta’lim muassasasi hisoblangan Adju universitetida uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Universitet vitse-prezidenti, Toshkent shahridagi Adju universiteti loyihasi rahbari Jong Xon Sun hamda Xalqaro magistratura ta’lim dasturi rahbari Byong Yun Chang bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Toshkent shahridagi Adju universiteti faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni tizimli rivojlantirish va boshqa qator istiqbolli masalalarni amalga oshirish muhokama qilindi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab “ikki diplom” (dual degree) asosida IT-Business magistratura ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, ta’lim faoliyatini Koreyaning Adju universiteti o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Delegatsiya a’zolari Adju universiteti kampusida talabalar sifatli ta’lim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv auditoriyalari, kutubxona, arxitektura fakultetining dizayn studiyalari, robotexnika hamda o‘quv laboratoriyalar faoliyati o‘rganildi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025