Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Airbus kompaniyasining eng mashhur samolyoti ishlab chiqarila boshladi
Yevropaning Airbus kompaniyasi Xitoy shimolidagi Tyanjin shahrida joylashgan zavodida A321 samolyotlarini ishlab chiqarishni boshladi.
Bu bilan Xitoy Airbus A320 oilasining barcha modellarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi.
«A321 hozirda A320 oilasidagi eng mashhur samolyotlardan biri hisoblanadi», dedi Airbus China bosh direktori Jorj Syuy. «Ushbu hodisa Xitoy bozorini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashimizni ko‘rsatadi».
Tyanjinda yig‘ilgan birinchi Airbus 321 kelasi yil boshida mijozga yetkazilishi kutilmoqda.
Ayni paytda kompaniyaning A321 samolyotiga olgan buyurtmalari A320 oilasidagi modellar buyurtmasining qariyb 60 foizini tashkil qiladi.
Tor flyuzelyajli Airbus 321 samolyoti 200 dan ortiq yo‘lovchini sig‘dira oladi. Parvoz diapazoni xususiyatlariga ko‘ra, u keng fyuzelyajli samolyotga o‘xshaydi, lekin foydalanish xarajatlari pastligi bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid
14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi
23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi
17:43 / 04.04.2025